"Monako" Minamino transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
28 iyun 2022
Klub rasmiy sayti "Liverpul" hujumchisi Takumi Minamino xarid qilinganini ma'lum qildi.

Yaponiya terma jamoasi a'zosi uchun 15 million + 3 million evro bonus sifatida to'lab berildi. 27 yoshli futbolchi bilan 2026 yilgacha shartnoma tuzildi. 

Minamino shu vaqtgacha Mersisayd klubida umumiy 55 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan.

Forvard o'tgan mavsumda "qizillar" uchun 24 ta o'yinda 10 ta gol urgandi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com