Vinisius – YCHLda hafta futbolchisi. "Real" vingeri Rafinya, Minamino va Reyndersni ortda qoldirdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 okt 2024, 20:00
Vinisius Junior Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Real" vingeri Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi – madridliklar birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda qolayotganiga qaramay, g'alaba (5:2) qozonishdi.

Guruh bosqichi 3-turning "Eng yaxshi futbolchisi" nomiga "Barselona" vingeri Rafinya Dias ("Bavariya" bilan xet-trik), "Monako" yarim himoyachisi Takumi Minamino ("Crvena Zvezda" bilan dubl+assist) va "Milan" xavbeki Teyani Reynders ("Bryugge" bilan dubl) da'vogar edi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: uefa.com