Yana ikki murabbiy "Manchester Yunayted" taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
24 noya 2021, 19:43
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaga yangi murabbiy qidirishda davom etmoqda.

Avvalroq "qizil iblislar" Luis Enrike va Xulen Lopetegiga ham qiziqish bildirgani ma'lum qilingandi. 

Qayd etilishicha, Enrike mankunianlarni boshqarmaydi. U Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi hamda o'z fikridan qaytmaydi.

Shuningdek, "Sevilya" murabbiyi ham MYU taklifini rad etdi: "Bu taklif menga bemanidek tuyuldi".

Eslatib o'tamiz, ayni damda klubni vaqtinchalik Maykl Kerrik boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano