Xushxabar! O'zbekiston futzal terma jamoasi Litvadagi jahon chempionatida ishtirok etadi

Eldor Akmurzayev
20 apr 2021, 19:51
Osiyo futbol konfederatsiyasi oxirgi qita birinchiliklaridagi natijalarni hisoblab, jahon chempionatiga yo'l oluvchi termalarni saralab oldi.

Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga saralashsiz yo'l oladi

Unga ko'ra, Eron, Yaponiya va O'zbekiston futzal termalari to'g'ridan-to'g'ri Litvadagi jahon chempionatiga yo'llanma oldi.

Qolgan 2 o'rin egasi esa 4 ta jamoa o'rtasida aniqlanadi va ular pley-offda qatnashadi. Bular: Livan, Iroq, Tailand va Vetnam. 

Jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi Osiyo chempionati pandemiya sabab o'tkazilmaydigan bo'lgandi. OFK mundial yo'llanmasiga ega chiquvchi jamoalarni saralashsiz aniqlab olishga qaror qildi.

Futzal bo'yicha navbatdagi Jahon chempionati 2021 yil 12 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida bo'lib o'tadi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionatida 2016 yil Kolumbiya parketlarida debyut qilgan va guruhda qolib ketgandi.  

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia