Xosep Gvardiola: Germaniyada juda ko'p gapirasharkan. Mamlakat chempionini hurmat qilish kerak

23 may 2015, 07:00
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub tomoniga yog'dirilayotgan tanqidlarga o'z munosabatini bildirdi.

"Germaniyada odamlar juda ko'p gapirisharkan. Ular mamlakatning chempion jamoasiga biroz hurmat saqlashlari kerak. Umid qilamanki, bizning muxlislar chempionlik tantanasini yaxshi kayfiyatda nishonlashadi.

"Barselona"ning final o'yinidagi taklifini qabul qilamanmi? Yo'q, men Myunxenda qolaman", - deydi Gvardiola.


Manba: sports.ru