Xose Sosa: "Kamp Nou"ga durang uchun borish - o'z joniga qasd qilish degani"

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2014, 09:25
"Atletiko" futbolchisi Xose Sosa jamoasi so'nggi turda faqat g'alaba uchun o'ynashini aytib o'tdi.

"Kamp Nou"ga durang uchun borish o'z joniga qasd qilish bilan barobar. Bizda chiroyli o'yin ko'rsatib, chempionlikni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatimiz bor.

Biz sovrinni bugun yutmoqchi edik, lekin u amalga oshmadi. Oldinda bizni ikkita final o'yini kutib turibdi", - deydi argentinalik futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru