Xorvatiya bosh murabbiyi iste'foga chiqariladi

Tolibjon Qosimov
7 okt 2017, 14:59
Xorvatiya futbol ittifoqi terma jamoa bosh murabbiyi Ante Chachich bilan xayrlashishga qaror qildi.

Bunday qaror Finlyandiyaga qarshi uy uchrashuvi (1:1)dan qabul qilindi. Ana shu durang sabab xorvatlar JCH-2018ga chiqish imkoniyatlarini xavf ostida qoldirdilar.

"Index"ning ma'lumotiga ko'ra, Chachich iste'foga chiqariladi. Tez orada bu haqda rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.

Xorvatiya 9 oktyabr kuni Kievda saralashning hal qiluvchi bahsida Ukraina bilan o'ynaydi. 64 yoshli Chachich ketadigan bo'lsa kim jamoani boshqarishi noma'lum.

Katta ehtimol bilan, rahbariyat murabbiy iste'fosi muhim o'yin oldidan jamoani tetiklashtirib yuboradi deb hisoblamoqda.

Ayni paytda Xorvatiya guruhda Ukraina bilan bir xil ochko to'plagan holda ikkinchi pog'onada bormoqda. Ukraina esa uchinchi o'rinda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: index.hr