

Ushbu qaror Finlyandiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvidagi durangdan (1:1) so'ng qabul qilindi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi "Al-Ayn" ustozi sifatida Toshkentga tashrif buyurgan 50 yoshli Zlatko Dalich bo'ldi.
9 oktyabr kuni Xorvatiya terma jamoasi Kievda Ukraina mehmoni bo'ladi.
"I" guruhi jadvaliga e'tibor qaratsak, xorvatlar ikkinchi o'rinda va ular guruh yetakchisi Islandiyadan 2 ochko ortda borishmoqda.
Chachich 2015 yilning sentyabrida Xorvatiya terma jamoasini qabul qilib, jamoa bilan Evro-2016ning 1/8 finaligacha bordi.




