Xorvatiya terma jamoasi ustozi: "Modrich hech qachon terma jamoadan kyetish haqida o'ylamagan"

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ante Chachich "Real" va milliy jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichni qo'llab-quvvatladi.

Futbolchi yolg'on ko'rsatma berish borasidagi mojarodan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida o'ylab qolganini tan oldi.

"Luka Modrich jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi hisoblanadi va u Xorvatiya terma jamoasida o'ynayotganidan faxrlanadi. U hech qachon milliy jamoadan kyetish haqida gapirmagan va o'ylamagan.

Perishich? Ivan bilan gaplashdim. U "Inter"da baxtli. Luchano Spalletti uni qadrlaydi va yangi shartnoma tayyorlamoqda" - deydi Chachich.

Xorvatiya terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Kosovo (2 sentyabr) va Turkiyaga (5 sentyabr) qarshi bo'lib o'tadigan bahslarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal