Xomyakov bilan vaziyat jiddiymi? Aslida nima bo'lgandi? "Metallurg" jamoasi boshlig'i Shavkat Saidov barchasiga oydinlik kiritdi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2021, 12:10
Ayni paytda "Metallurg" - "Mashal" (1:2) uchrashuvidan keyingi Aleksandr Xomyakov va Shavkat Saidov ishtirokidagi mojaroli vaziyat muhokama markazida bo'lib turibdi.

Biroz oldin saytimiz muxbiri ushbu vaziyat yuzasidan "Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning fikrlarini e'tiboringizga havola qilgandi. Endilikda ikkinchi tomon yani "Metallurg" jamoasi boshlig'i Shavkat Saidovning fikrlarini taqdim qilamiz. 

"Men Aleksandr Xomyakovni qattiq hurmat qilaman. Biz bir-birimizni anchadan beri yaxshi bilamiz. Qolaversa birga o'qiganmiz. Uchrashuvdan so'ng shaxsan o'zim uni g'alaba bilan tabriklab kuzatib qo'ydim. Shuningdek bahsdan oldin ancha maslahatlarini oldim, ayniqsa akademiya borasida. Bevosita muhokamaga sabab bo'layotgan vaziyatga to'xtalsam, bu shunchaki ehtiroslar. Ahir Muborakning non-tuzini eganman. Holat muxlislar o'ylagandek umuman jiddiy emas. Bahsdan keyin fikr almashib kuzatib qo'ydim. Saytdagilardan ko'p ortiqcha muhokamalarga berilmaslikni so'rab qolaman. Hammasi joyida",- deydi Shavkat Saidov. 

Hozirda mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan "Metallurg"da murabbiy o'zgaradimi? Ushbu savolga jamoa boshlig'i quyidagicha javob berdi. 


"Jasur Abduraimovning iste'fosi bo'yicha gap-so'zlar yo'q. Murabbiyning o'zi ketaman desa ham qo'yvorishmaydi. Ishonch bildirishda davom etiladi",- deydi jamoa boshlig'i. 


Aleksandr Xomyakov: "Metallurg" bilan o'yindan keyingi voqeani ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia