Xoland YCHLda yana bir qoyilmaqom natija qayd etdi

19 fev 2020, 08:25
Erling barchani hayron qoldirishda davom etadi.

Norvegiyalik 19 yoshli hujumchi Erling Xoland YCHLning joriy mavsumida bir yo'la ikki klub safida gol urishga erishdi. Futbolchi guruh bosqichida “Zalcburg” safida, pley-offda esa “Borussiya Dortmund” safida gol urdi. Natijada Xoland musobaqa tarixida bir mavsum ikki klub safida gol urishga erishgan ilk futbolchiga aylandi.

“Borussiya” safiga yanvarda kelib qo'shilgan hujumchi hozirgacha Bundesliga, Germaniya Kubogida gol urgandi. Endi esa u bu ishni YCHLda ham uddaladi. Uning Dortmund klubidagi umumiy statistikasi esa quyidagicha: 7 ta o'yin, 11 ta gol.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta