Xitoyga qarshi o'yindan so'ng vetnamlik futbolchining peshona qismidan 7 ta chok tushdi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023, 10:58
Himoyachi O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Vetnam terma jamoasi himoyachisi Xo Van Kuong Xitoyga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Vetnam Futbol Federatsiyasi xabariga ko'ra, uchrashuvda himoyachi ko'z qovog'ining yuqori qismi lat egan va u kasalxonaga yotqizilib, tanasining shikastlangan qismiga ettita chok tushirilgan.

20 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan ertaga bo'lib o'tadigan O'zbekistonga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 

Vetnam – O'zbekiston bellashuvi Toshkent vaqti bilan 16:35 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: en.vff.org.vn