Xitoy chempioni "Roma" futbolchisi uchun 40 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2018, 15:26
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan Xitoy chempionatining amaldagi g'olibi "Guanjou Evergrand" qiziqishlari doirasida.

Qiziqish haqidagi ushbu xabar futbolchi bilan sodir bo'lgan mojarodan so'ng paydo bo'ldi.

Belgiyalik futbolchi Yangi yilni do'stlari davrasida kutib oldi. U bayram payti ijtimoiy tarmoqlarning birida videotranslyatsiya uyushtirdi. Futbolchi translyatsiya vaqtida spirtli ichimlik ichib, og'ziga kelgan bemani gaplarni aytdi. Keyinroq ushbu video o'chirib tashlandi. 29 yoshli Naynggolan ushbu voqeadan bir necha soat o'tib o'zini tutishi uchun uzr so'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy klubi rahbariyati Naynggolan uchun 40 mln. evro to'lashga tayyor, ammo futbolchining o'zi Xitoyga o'tishdan voz kechishi mumkin. Oldinroq, Naynggolan "Chelsi" va "Yuventus" taklifini rad etgan edi.

"Roma" o'z yarim himoyachisini 50 mln. evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport