Raja Naynggolan: "Roma" orqamdan ish qilgan"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018, 17:09
"Inter" yarim himoyachisi Raja Naynggolan yozda nega "Roma"ni tark etgani haqida aytib berdi.

"Bunday yakun mening xatoim emas. "Roma"ning bazi harakatlaridan xafsalam pir bo'ldi va bunga qo'l siltab keta olmasdim.

Ha, Yangi yildagi video borasida ayb menda (futbolchi Instagramdagi translyatsiyasi davomida sigareta chekib, spirtli ichimlik ichgan). Ammo "Roma" mening transferimdan pul ishlab olmoqchi bo'lgan va orqamda ish qilgan. Menga bildirmay muzokara o'tkazdi. Ular chet el klubi bilan kelishib olishgan edi, ammo men buni istamadim.

O'sha paytlarda Spalletti qo'ng'iroq qildi. Uzoq o'ylamadim. Avvaliga "Roma"dan ketganimga afsuslandim, ammo "Inter"da meni yaxshi qabul qilishdi.

"Roma" prezidenti Pallotta yildan bir marta kelardi. Klub har transfer oynasida 3-4 nafar muhim futbolchini sotganini hisobga olsak, klub prezidenti muxlislarga tushuntirish bersa yaxshi bo'lardi" - deydi Naynggolan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.it