Naynggolan “Zenit”ga qarshi maydonga tushmaydi

20 iyul 2018, 08:10
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Raja Naynggolan jamoasining “Zenit”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqmaydi.

“Sport Mediaset”ning xabar berishicha, 30 yoshli belgiyalik futbolchi “Son”ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida maydonda 24 daqiqa harakat qildi, xolos. Futbolchi oyoq muskullarida jarohat kuzatilgan. Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tadi va jarohatining qanchalik jiddiy ekanligiga oydinlik kiritiladi.

Manbaning xabariga ko'ra, “Inter” murabbiylar shtabi har qanday holatdayam uni “Zenit”ga qarshi kechadigan o'rtoqlik o'yinida qaydnomaga kiritishmaydi.

Eslatib o'tamiz, Naynggolan 2017/18 yilgi mavsum yakuniga ko'ra “Roma”dan “Inter”ga ko'chib o'tgandi.

“Zenit” va “Inter” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 21 iyul kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Mediaset