

Futbolchi ham "Sevilya"ga qaytishga qiziqib qolgan, biroq andalusiya klubining taklifi uni qoniqtirmayapti: Futbolchiga 3 yillik shartnoma va o'zi istayotgan maoshdan ancha kam pul taklif qilishmoqda. Biroq Navasda boshqa klublardan ham taklif bor va ayni damda u o'z agenti bilan ularni ko'rib chiqmoqda.
Navas ayni damda erkin agent hisoblanadi, chunki u "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirmadi. U 2003-2013 yillarda "Sevilya" sharafini himoya qilgan.



