

"O'yinni yaxshi boshladik va "Yunayted" darvozasiga gol urdik. Raqib penalti bilan hisobni tenglashtirdi, ikkinchi golda esa omadimiz kelmadi. So'nggi 20-25 daqiqada biz raqibga bosim o'tkazdik. 84-daqiqada Shnayderlin Drakslerni yiqitdi. Hakam o'sha vaziyatda qizil kartochka ko'rsatishi loim edi va shunda so'nggi daqiqalarda son jihatdan ustunlik qilardik. Endi hammasi PSVga qarshi o'yinlarga bog'liq, asosiysi - uydagi bahslarda g'olib bo'lish" - deydi Xekking.



