

Tajribali himoyachi 65-daqiqada bosh hakam Hasan Ro'ziev himoyachiga to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Shu tariqa Xayrulla Karimov katta ehtimol bilan 17 oktyabr kungi O'zbekiston kubogi finalini o'tkazib yuboradi.
Barchasi PFLning bu holatni ko'rib chiqishi va futbolchiga nechta o'yinlik diskvalifikaciya berishiga bog'liq. "Bunyodkor" navbatdagi o'yinni 12 oktyabr kuni Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi. So'ngra Jizzaxda "Nasaf"ga qarshi O'zbekiston kubogi finalida ishtirok etadi.




