Amaldagi chempion va Kubok finalchisi bor guruhdan chiqqan "Guliston" endi qaysi raqibni istamoqda?

Iskandarov Abdulaziz
29 may 2026, 14:00
O'zbekiston Kubogining yangi mavsumi guruh bosqichi qiziqarli o'tdi.

Birinchi liga vakili "Guliston" amaldagi chempion va kubok finalchisi bor guruhdan keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 2 iyun kuni tashlanadigan qur'a oldidan gulistonliklar ustozi Abbos Ergashevning taxminlari bilan qiziqdik.

"Avvalo, jamoamizga va shaxsan menga ko'rsatilgan e'tibor uchun minnatdorchilik bildiraman. Kubok bahslarining har bir o'yini biz uchun katta maktab va ulkan tajriba vazifasini o'tamoqda, bu esa jamoa rivoji uchun muhim qadamdir. Maydonga har doim faqat g'alaba maqsadida tushamiz. Keyingi bosqichda OKMK yoki "So'g'diyona" jamoalaridan biri bilan kuch sinashish biz uchun juda qiziqarli bo'lgan bo'lardi.

To'g'ri, guruh bosqichini mag'lubiyat bilan boshladik, ammo bu futbolchilarimiz uchun jiddiy sinov bo'ldi. Jamoa "Neftchi" bilan bahsda o'z xato va kamchiliklarini anglab etdi. Keyingi uchrashuvlarda mana shu kamchiliklar ustida ishlab, ularni takrorlamaslikka intildik va yakunda ijobiy natijalarni qo'lga kiritdik. Amaldagi finalchi bilan bo'lgan o'yinda ham yigitlar maydonda bor kuchlarini berib harakat qilishdi", – deydi Abbos Ergashev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia