Xaynkes Xames va Rudi kelishmovchiligi haqida: "Futbol - erkaklar sport turi"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2018, 18:45
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes jamoa mashg'ulotida sodir bo'lgan mojaroga izoh berdi.

Mashg'ulot vaqtida Xames va Rudi o'rtasida to'qnashuv yuz beradi. Oqibatda to'qnashuv “so'z jangi”ga aylanib ketdi.

Aren Robbening ularga qarata: “Yigitlar, janjalni davom ettiringlar” degan gapiga qaramay, Frank Riberi, Jerom Boateng va Rafinya ularni ajratib qo'ygan.

Mashg'ulot so'ngida ular bir-biriga qo'l berib maydonni tark etgani aytilmoqda.

"Mashug'lotlarda bosim va chaqiruvlar bo'ladi. Birga-bir vaziyatlarda agressiv harakatlarni kutaman.

Yana ishga kirishish vaqti keldi. Bu erkaklar sporti!" - deydi "Bavariya" ustozi Yupp Xaynkes.1

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany