Xavi Yoaxim Lyovga qaysi klub mos kelishini aytdi

Eldor Akmurzayev
27 mar 2021, 20:45
Yoaxim Lyov Evro-2020'dan so'ng, Germaniya TJni tark etishini aytgandi.

“Al Sadd” ustozi Xavi esa Lyovni “Barselona”da bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqda.

“Lyov – qoyilmaqom murabbiy. U doimo tomoshabop, hujumkor futbolga intilgan holda jahon chempionatida g'olib chiqa oldi. Lyov tufayli Germaniya futboli haqidagi tushuncha o'zgardi. Bu menga “Barselona” va Ispaniya TJdagi narsalarni eslatmoqda.

Lyov o'yinni tushunishi va tajribasi bilan “Barselona”ga mos kelgan bo'lardi”, deydi Xavi.

Eslatib o'tamiz, 61 yoshli mutaxassis 2006 yildan beri Germaniya termasini boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Suddeutsche Zeitung