Xavi rozi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
19 apr 2020, 22:05
“Al Sadd” ustozi Xavi klub rahbariyati bilan uchrashdi va maoshining qisqarishiga ijobiy javob berdi.

Bu haqda, dohaliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Jamoamiz bosh murabbiyi Xavi Qatarda koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish maqsadida ish haqini kamaytirishga rozi bo'ldi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Xavi rafiqasi bilan Barselonadagi shifoxonaga 1 million evro xayriya qilgani haqida ma'lumot bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/AlsaddSC