Xavi "Inter Mayami"ga kyetishi kutilayotgan futbolchini jamoada qolishini istamoqda

Mirjalol Normatov
7 yanv 2024
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi klub yarim himoyachi Serji Robertoni jamoada olib qolish kerak deb hisoblamoqda.

Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin 31 yoshli futbolchi erkin agentga aylanadi. Hozircha tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti. Oldinroq Serjiga "Inter Mayami" va Saudiya Arabistonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.

"U men uchun barchaga namuna futbolchi. U sardor. Serji bir necha poziciyalarda o'ynay oladi. U haqda ko'p gapirish ham shart emas.

Uni doim ham tanqid qilishmaydi, doimo tanqidchilarga o'z o'yini bilan javob bera oladi. Umid qilamanki, Roberto bilan shartnomani uzaytiramiz", - dedi Xavi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana