Xaverc yana bir bor rekord o'rnatdi

30 may 2020, 07:50
“Bayer” yarim himoyachisi Bundesliga 29-turi doirasida “Frayburg”ga qarshi o'tgan bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Bu 20 yoshli Kay Xaverc uchun Bundesliga doirasida urilgan 35-gol bo'ldi. Shu tariqa futbolchi liga tarixidagi 21 yoshgacha bo'lgan to'purarlar ro'yxatiga yetakchiga aylandi. U bu orqali “Shalke-04” forvardi Klaus Fisherni ortda qoldirdi.

Qayd etish jozi, futbolchi 54-daqiqada gol urgan bo'lsa, oradan bir necha daqiqa o'tib jarohat oldi va maydonni erta tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports