Xarri Rednapp: "Beyl "Tottenxem"ga chempion bo'lish uchun yordam berishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
16 noya 2017, 21:28
Londonning "Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Xarri Rednapp Garet Beylning jamoaga qaytishi mumkinligiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi paytlarda o'yinchi "Real" tomonidan transferga qo'yilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

"Beyl - o'yinni individual mahorati evaziga yutishi mumkin bo'lgan o'yinchi. O'ylashimcha, u jamoaga sovrin yutishda yordam bera oladigan holatda. Ha, uning jismoniy holatini nazorat qilish bilan bog'liq muammolar bor. Lekin, u formada bo'lsa jamoaning chempion bo'lishi uchun to'liq yordam bera oladigan rolni bajara oladi", - dedi Rednapp.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: talkSPORT