Xakimi "Marsel"ga qarshi o'yin yakuniga ko'ra, 1ta o'yin diskvalifikaciya qilindi

Alisher
28 okt 2021, 16:53
PSJ himoyachisi Ashraf Xakimi Liga 1 doirasidagi yaqin o'yinda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Futbolchi "Marsel" (0:0)ga qarshi o'yinda chetlatilgan edi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Xakimi 1ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi, qo'shimcha yana bir o'yin shartli ravishda. Shunday ekan himoyachi 29 oktyabr kuni "Lill"ga qarshi o'yinda maydonga chiqa olmaydi.

Marokashlik futbolchi joriy mavsum 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr