Rasmiy ochilish marosimida “Bunyodkor” jamoasi a'zolari ham ishtirok etishdi. Fursatdan foydalanib, “qaldirg'ochlar” sardori Xayrulla Karimovning musobaqaga doir fikrlari bilan qiziqdik.
- Muhtaram yurtboshimiz 2014 yilni “Sog'lom bola yili” deb e'lon qildilar. Shu munosabat bilan “Bunyodkor” futbol klubi ushbu turnirni tashkil etdi. Mana hozir musobaqaning ochilish marosimida guvohi bo'ldikki, har bir viloyatdan 16ta jamoa tashrif buyurgan. Bu albatta quvonarli hol. Nega deganda, hozirgi paytda sportga, xususan futbolga qaratilayotgan e'tibor, bunday stadionlar, maydonlar insonni xursand qiladi. Musobaqa orqali yosh futbolchilar do'stlar orttirishadi, mahoratlarini oshirishadi. Shuningdek, bunday zamonaviy maydonlarda to'p tepishib, zavq olishadi. Futbolga endi-endi kirib kelayotgan paytlarimizni esga oldim. U paytlarda ham musobaqalar bo'lardi, biroq hozirgidek sharoitlarni umuman tasavvur ham qilmaganmiz. "Bunyodkor" stadionida ochilish marosimining bo'lishi juda katta narsa. Fursatdan foydalanib, “Bunyodkor” jamoasi nomidan turnir qatnashchilariga omad va zafarlar tilayman. Eng asosiysi, yosh futbolchilar turnirni hech qanday jarohatlarsiz o'tkazishi va yakunda eng kuchli jamoa g'alaba qozonishi tarafdoriman, - deydi Xayrulla Karimov.