Xabi Alonso "Bayer" bilan shartnoma imzolagani haqida: "Menimcha, bu to'g'ri qadam"

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022, 22:20
Leverkuzen klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso bu taklifni nega qabul qilganini tushuntirdi.

"Ancha oldin murabbiy sifatida o'qishni boshlagandim. Endi men shu qarorga keldim. Menimcha, bu to'g'ri qadam. Men "Bayer" bosh murabbiyi bo'lishga tayyor ekanligimni his qilyapman. Klubdagi odamlarga o'zimni motivaciyaga boy his etayotganimni aytdim", – dedi Xabi Alonso.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis bilan 2024 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolangan.

Xabi Alonso nihoyat murabbiylik faoliyatini boshladi - "Bayer"da. Nega uni hamma yaxshi ko'radi?

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker