"Volfsburg" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 17:43
Martin Shmidt iste'foga chiqarilganidan so'ng "Volfsburg" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi.

"Bo'rilar" rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, jamoani Bruno Labbadia boshqaradi. Labbadia va klub o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi. 52 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi "Gamburg" bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, Shmidt "Maync"ni tark etganidan so'ng, o'tgan yilning sentyabr oyida "Volfsburg"ni qabul qilib olgan edi. Bundesliganing 23-turidan so'ng "bo'rilar" turnir jadvalida 24 ochko bilan 14-o'rinni egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia