"Volfsburg" "Manchester Siti" forvardi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
17 iyul 2021, 18:51
"Volfsburg" o'z safiga Germaniya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Lukas Nmechani qo'shib oldi.

"Manchester Siti"ning 22 yoshli tarbiyalanuvchisi "bo'rilar" bilan 2025 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi.

Bitim 8 million evroga baholanmoqda. Nmecha yangi jamoasi 10-raqam ostida o'ynaydi.

Lukas o'tgan mavsumni ijara asosida Belgiyaning "Anderlext" jamoasida o'tkazdi. Hujumchi 41ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vfl-wolfsburg.de