“Vodiy futboli”. Baxtiyor Yoqubov va Javohir Rasulov safga qaytdi

Tolibjon Qosimov
2 iyun 2015, 15:37
Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Bugun jamoaviy dam olishga chiqdik

Oliy liga 11-turiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Andijon” jamoasi bugun ertalabki mashg'ulotni Bo'stondagi maydonda o'tkazdi. Mashg'ulotdan so'ng butun jamoa birga shahar chetidagi ko'lga yo'l oldi va kunning ikkinchi yarmini tabiat qo'ynida dam olish bilan o'tkazdi.


"Qo'qon-1912": Jamoa bugun yig'iladi


"Navbahor" bilan o'yindan so'ng futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Bugun jamoa a'zolari yig'iladi. 6 iyun kuni "Qo'qon-1912" Bekobodga safar uyushtirib, "Metallurg" bilan kuch sinashadi. Diskvalifikaciya muddati yakuniga etgan himoyachi Jalil Kimsanov endi yana maydonga qaytadi.


“Navbahor”: Jamoa ertaga yig'iladi


Qo'qonliklarga qarshi bahsdan so'ng futbolchilarga dam berilgandi. Klub matbuot xizmatining aytishicha, jamoa a'zolari ertaga Namanganda yig'iladi va navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi. Diskvalifikaciya tufayli oldingi o'yinlarda jamoaga yordam bera olmagan, A'zam Aliev bilan Dilshod Jabborov kelasi turdan yana maydonga qaytadi.


“Neftchi”: Baxtiyor Yoqubov va Javohir Rasulov safga qaytdi

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi oliy liganing navbatdagi turida “Olmaliq”ni qabul qiladi.
Murod Ismoilov shogirdlari bugun kunduzgi mashg'ulotni Qirgulidagi bazada o'tkazishdi. Kechki mashg'ulot ham aynan Qirgulida bo'lib o'tadi.

Jarohat sabab ma'lum vaqt safdan chiqqan Baxtiyor Yoqubov hamda Javohir Rasulovlar yana safga qaytishdi. Bundan tashqari, o'tgan turni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan himoyachi Shukurali Po'latov ham keyingi turda maydonga tushishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia