“Vodiy futboli”. “Andijon” jamoasi Toshkentda

Tolibjon Qosimov
22 may 2015, 13:53
Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan xabardor qilishdi davom etamiz.

“Qo'qon-1912”: Jamoa ertaga Toshkentga jo'nab ketadi
Ma'lumki jamoamiz oliy liganing navbatdagi turida "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi. Ertaga yoshlar jamoamiz yosh "temiryo'lchilar"ga qarshi bahs olib borsa, oliy liga klublari yakshanba oqshomida TTYMI stadionida kuch sinashishadi.
Bo'lajak bahsga "Qo'qon-1912" FK delegaciyasi ertaga jo'nab ketadi.
Avval xabar berganimizdek, jamoamiz ushbu safar o'yiniga jiddiy yo'qotishlar bilan boradi.


“Neftchi”: Bugun yoshlarimiz maydonga tushadi
“Neftchi” yoshlari bugun yoshlar ligasi 10-turi doirasida “Nasaf” o'rinbosarlari bilan bellashishadi. Uchrashuv Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida 17:30 da boshlanadi. Ayni paytda farg'onalik yosh futbolchilar 7 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog'onasida borishmoqda.


“Navbahor”: Futbolchilar o'yindan oldin so'nggi mashg'ulotni o'tkazishdi
Namanganning “Navbahor” jamoasi oliy liga 10-turida “Olmaliq”ni qabul qiladi. Jamoa a'zolari bugun tushga qadar o'yindan oldingi so'nggi mashg'ulotni o'tkazishdi. Tarkibda hech qanday muammolar yo'q. Mehmonlar “Olmaliq” klubi esa o'yin oldi mashg'ulotni kechqurun o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv ertaga 19:00 da boshlanadi.


“Andijon”: Jamoamiz Toshkentga yig'ildi
Bir kunlik dam olishdan so'ng “Andijon” jamoasi bugun tushda Toshkentga yig'ilib “O'zbekiston” mehmonxonasidan joy oldi.
Ertaga jamoamiz Bekobodda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushadi. Shu bois andijonliklar mazkur bahsga bugun poytaxtda tayyorgarlik ko'rishadi. Kechki mashg'ulot “Soliqchi” maydonida bo'lib o'tadi. Diskvalifikaciya tufayli ertangi bahsni Sanjar Asqaraliev va Ibrohim Otaxonov o'tkazib yuborishadi.
Bugun “Andijon” yoshlar jamoasi Bekobodda “Metallurg” o'rinbosarlari bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia