Vlaxovich "Yuventus"ga o'tishini yakunlash uchun tibbiy ko'rikka keldi

Alisher
28 yanv 2022, 14:57
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich "Yuventus"ga o'tishni yakunlash uchun tibbiy ko'rikka keldi.

"Yuventus" matbuot xizmati forvardning Turindagi tibbiy markaz oldidagi suratini chop etdi.

Vlaxovich 2021/22 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, transfer narxi 75 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/Juventus