"Fiorentina" yangi uy libosini taqdim etdi

Sherzod Nurmatov
27 may 2023
"Binafsharanglar" yangi ekipirovkali bo'ldi.

"Fiorentina" 2023/24 yilgi mavsum uchun uy libosini namoyish qildi. Tegishli suratlar "binafsharanglar" ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilindi.

"Naqsh butun ko'ylak bo'ylab tarqalgan. Unda DNK effektini yaratuvchi bir-biriga bog'langan liliyalar mavjud. Bu DNK – "Fiorentina" va Florenciyani sevuvchilarning o'ziga xos xususiyati", – deyiladi klub xabarida.

"Fiorentina"ning texnik homiysi – Kappa.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acffiorentina.com