"Yuventus" Arturni yana ijaraga berdi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2023
Yarim himoyachi Artur navbatdagi mavsumni "Fiorentina"da o'tkazadi.

"Yuventus" matbuot xizmati futbolchisining 1 mavsumga 2 mln evro evaziga ijaraga berganini ma'lum qildi. Shuningdek, yana 2 mln evro bonuslar tarzida taqdim qilinishi mumkin. Florenciyaliklarda futbolchini sotib olish imkoniyati ham bor. 

Eslatib o'tamiz, Artur o'tgan mavsumni "Liverpul"da ijarada o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ACFFiorentinaEN