Vlaxovich – A Seriyaning eng yaxshi penaltichisi

Sherzod Nurmatov
8 fev 2023, 18:55
Serbiyalik futbolchi deyarli hech qachon nuqtadan xato qilmaydi.

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich "Salernitana"ga qarshi o'yinda (3:0) 2 ta gol urdi. Futbolchi birinchi to'pni penaltidan kiritdi.


"Opta Sports"ga ko'ra, serbiyalik o'yinchi 2018 yilda "Fiorentina" bilan ligadagi debyutidan beri A Seriyadagi 15 penaltidan 14 tasidan unumli foydalangan. U kamida 15 ta penalti tepgan o'yinchilar orasida ushbu davrdagi eng yaxshi (93% muvaffaqiyatli) natijaga ega.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta Sports