Vladimir Salkov: "Raximich, Karyaka va Vyazminkin O'zbekiston terma jamoasida o'ynashi mumkin edi"

Narzulla Saydullayev
1 apr 2016, 11:28
2001 yil O'zbekiston terma jamoasini boshqargan rossiyalik murabbiy Vladimir Salkov "Sport Ekspress" gazetasiga o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

- "Lokomotiv"dan Vladimir Maminov va Oleg Pashininni O'zbekiston terma jamoasiga jalb qilgandim. Klub murabbiyi Yuriy Syomin menga hech qanday qarshiliklarsiz ularni qo'yib yuborgandi. O'zbekistonda ularni ajoyib tarzda kutib olishgandi. Birinchi bahsda Xitoy Taypei 7:0 hisobida taslim qilingandi. Maminov akrobatik tarzda qoyilmaqom gol urgandi. Shundan so'ng u muxlislar yoqimtoyiga aylanib olgandi. Maminov, Pashinin va Poyakov nafaqat professional, balki ajoyib insonlar. Ular klubda asosiy emasdilar. Biroq terma jamoada yetakchiga aylanishgach klubdagi ishlari ham yurishib ketdi.

- O'sha paytda Bosniya termasida o'ynashga ulgurmagan Elvir Raximichga O'zbekiston terma jamoasida o'ynash bo'yicha taklif bilan chiqqandim. Biroq SSKAda asosiy futbolchiga aylanishni istayotganini shu bois taklifni rad qilgandi. Andrey Karyaka bilan uch marta bu masalada suhbatlashgandim. Biroq u Ukraina terma jamoasidan taklif kutayotgandi. Vladimir Kazakov, Dmitriy Vyazminkin va Vitaliy Safronov bilan kelishib olgandim. Rossiya terma jamoasiga ularni chaqirishmasdi. O'zbekistonga ularning foydasi tekkan bo'lardi. Biroq klub murabbiylarni ularni qo'yib yuborishni istashmagandi. O'shanda Rossiya chempionati taqvimi va Osiyodagi saralash taqvimi bir biriga mos kelmagani bizga pand bergandi. Yakunda O'zbekiston JCH-2002ga chiqa olmagan va men iste'foga chiqqandim, - deydi Salkov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia