

"Rejalarim? YCHLni 5-6 marta yutmoqchiman. Shu orqali boshqa top-futbolchilardagi kabi men ham katta e'tibor qozonishni istayman", - dedi hujumchi.
"Real"ning 14-marta YCHLni yutishida Vinisiusning ham xissasi katta bo'ldi va u ham sovringa ega chiqdi. Endi braziliyalik futbolchi 10 avgust kuni "Ayntraxt"ga qarshi o'ynab, Yevropa Superkubogini ham yutishi mumkin.



