Villash-Boashning keyingi ish joyi ma'lum

Eldor Akmurzayev
9 may 2022, 09:10
Andre Villash-Boash Marokash terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi.

44 yoshli mutaxassis Vohid Halilxojichning o'rnini egallaydi. Portugaliyalik termaga “Chelsi” a'zosi Hakim Zieshni qaytarishi kutilmoqda, futbolchi va Halilxojich o'rtasida nizo kelib chiqqandi.

Eslatib o'tamiz, Villash-Boashning oxirgi ish joyi “Marsel” bo'ldi va u jamoani 2019-2021 yillar davomida boshqardi. Shuningdek, u “Portu”, “Chelsi”, “Tottenxem”, “Zenit” va “Shanxay SIPG”da murabbiy bo'lib ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le360