"Real" yozda Aleksandr-Arnoldni sotish niyatida emas

9 avg 2026, 12:20
"Real" yozgi transfer oynasida himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldni sotmoqchi emas.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu 27 yoshli inglizni o'z tizimi uchun muhim o'yinchi deb biladi va u o'zining eng yaxshi formasiga qaytishi va klubga yirik sovrinlar uchun kurashishda yordam berishiga umid qilmoqda.

Aleksandr-Arnoldning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Ingliz 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS