Vidal Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
5 sen 2020, 23:15
"Barselona" yarim himoyachisiga "neradzurri" jiddiy qiziqib qolgan.

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal A Seriyaga qaytishi mumkin, uning xizmatlariga "Inter" qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Milan klubi 33 yoshli chililik futbolchi bilan bo'lajak transfer shartlarini kelishib olgan.

Endilikda "Inter" rahbariyati "Barselona" Vidal bilan tekinga xayrlashishga rozi bo'lishiga umid qilmoqda.

Yarim himoyachi 2019/20 yilgi mavsumda Kataloniya klubi libosida 33 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano