Vetnam terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2013, 12:18
OK-2015 saralashi 3-turi doirasida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadigan Vetnam terma jamoasi 12 oktyabr kuni Toshkentga yetib keldi.

Xoan Van Fuk bosh murabbiyligidagi Vetnam terma jamoasi avval xabar berganimizdek Toshkentga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyurdi. Vetnam terma jamoasi 13 oktyabr, yakshanba kuni soat 17:00da Jar stadionida dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, 14 oktyabr, dushanba kuni Paxtakor stadionida O'zbekiston hamda Vetnam terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

O'zbekiston hamda Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi OK-2015 saralashi, 3-turidan o'rin olgan uchrashuv 15 oktyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 18:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com