Vensan Kompani: "Oldimizda Chempionlar Ligasining favoritlaridan biri bilan sinov turibdi"

Iskandarov Abdulaziz
4 noya 2025, 09:55
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasining guruh bosqichi doirasida Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kompani o'z jamoasining raqibi haqidagi taassurotlarini bayon etar ekan, PSJning jamoaviy uyg'unligi va individual mahorat darajasiga yuqori baho berdi. Uning so'zlariga ko'ra, faqat bir futbolchiga emas, balki butun jamoaning kuchiga e'tibor qaratish kerak.

"Men ularning jamoaviy ruhi, to'pni tortib olishdagi mahorati va har bir o'yinchining individual mahoratidan juda taassurotlandim. PSJ doimo jahon darajasidagi futbolchilarga ega bo'lgan. Bizda ham shunday sifatlar bor va shuning uchun bu o'yin juda qiziqarli bo'ladi", - dedi Kompani.

"Biz o'zimizga ishonishimiz va bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz zarur. Oldimizda Chempionlar Ligasi g'oliblari va turnirning bosh favoritlaridan biri bilan sinov turibdi", - deya qo'shimcha qildi belgiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: UEFA