Venger: "Men albatta futbolga qaytaman"

Alisher
24 may 2019, 13:49
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o'zining kelajagi haqida gapirdi.

"Men albatta futbolga qaytaman. Bosh murabbiy sifatidami yoki boshqa lavozimdami, buni bilmayman. Ammo bu xohish menda hali ham mavjud. Futbol - mening ehtirosim. Bu menda bor bo'lgan yagona narsadir", - deydi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Venger 1996 yildan 2018 yilgacha London jamoasini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian