Vatcke: "Agar "Borussiya" CHLda o'ynamasa, Roys bizni tark etishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2014, 12:23
"Borussiya" murabbiylar shtabi va rahbariyati keyingi mavsumda jamoa hujumchisi Marko Roys klubda qolishiga ishonchi komil emas.

Bu haqida klub ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke ma'lum qildi.

"Agar bu mavsum natijasiga ko'ra biz Chempionlar ligasida o'ynash uchun joyni qo'lga kirita olmasak, Roysni jamoada olib qolish qiyin bo'ladi. Marko uch narsaga qarab xulosa chiqaradi: his-tuyg'u, moliyaviy ahvol va o'sish. Shu sabab savol ochiqligicha qolaveradi. Biz Roys bilan badal pulisiz uzoq muaddatli shartnoma imzolamoqchimiz"- deydi Vatcke.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com