Varan: "MYU tarixida qolish uchun borimni beraman"

Sherzod Nurmatov
14 avg 2021, 19:57
Markaziy himoyachi Rafael Varan "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Dunyoning eng buyuk klublaridan biriga keldim. Bu erga o'tishni rad etish va APLda o'ynash imkoniyatidan mahrum bo'lishga haqqim yo'q edi. Yangi marralarni zabt etmoqchiman. Bilaman, MYUda o'yinlarda g'alaba qozonish va sovrinlarga ega chiqish ishtiyoqidagi ko'plab o'yinchilar bor.  

Murabbiy bilan gaplashib, jamoa oxirgi mavsumlarda rivojlanib borayotganini tushundim. Endi biz eng yuqori darajadagi raqobatga tayyormiz. Klub tarixida qolish uchun borimni beraman", – dedi "qizil iblislar" yangi a'zosi.

MYU Varanni 40 million evro evaziga sotib olib, 4 yillik shartnoma tuzdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com