"Selta" “Manchester Yunayted” futbolchisini ijaraga oldi

8 avg 2026, 14:45
"Selta" darvozabon Altay Bayindirning "Manchester Yunayted"dan keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga o'tganini e'lon qildi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, band miqdori 4 million evroni tashkil etadi, biroq u darvozabonning o'yin vaqtiga qarab o'zgarishi mumkin.

28 yoshli futbolchi "Selta"ning Italiyadagi mavsumoldi yig'iniga boradi, u yerda jamoa "Sassuolo" va "Napoli"ga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi.

2023 yilda darvozabon “Fenerbaxche”dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan va ingliz klubi tarixidagi birinchi turkiyalik futbolchiga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano