Varan MYU bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchishga tayyorlanmoqda

Alisher
5 avg 2021, 16:52
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan "qizil iblislar" bilan shartnoma imzolash uchun Manchesterga yo'l olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda. Francuz "Manchester Yunayted" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Bitimda shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati borasidagi band bo'ladi. Himoyachining transferi manchesterliklarga 50 mln evroga tushadi.

Rafael "Real" tarkibida 2011 yildan beri o'ynaydi. Varan "qirollik klubi" bilan 3 bor Ispaniya chempioni va 4 bor Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano