Van Gal "Manchester Yunayted"dan o'ch olish uchun Belgiya terma jamoasi taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2018, 17:50
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal "qizil iblislar"dan o'ch olish uchun Belgiya terma jamoasini boshqarishdan voz kechganini aytib berdi.

"Belgiya terma jamoasida ishlash qiziq bo'lardi, ammo g'azabda edim va o'ch olish tufayli ushbu taklifni rad etdim. To'g'ri, sport qadri birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Biroq o'sha paytda bunga boshqacha qaraganman. Gap pulda emas, bu qasos edi.

"Manchester Yunayted" juda yomon munosabatda bo'ldi. Hamma zerikarli futbol ko'rsatayotganimni aytishgan va bundan g'azablanganman" - deydi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Volkskrant