

Chorshanba kuni kechqurun mersisaydliklar "Marsel" mehmoni bo'lib, Chempionlar Ligasi doirasida maydonga tushdi. Ushbu bahs van Deyk uchun "qizillar" safidagi 350-o'yin bo'ldi.
"350!", – deb yozdi van Deyk ijtimoiy tarmoqlarda.
Virjil van Deyk "Sautgempton"dan "Liverpul"ga 2018 yilning boshida o'tgan. Jamoa safidagi 350 ta uchrashuvda niderlandiyalik himoyachi 30 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" safarda "Marsel"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Arne Slot jamoasi navbatdagi o'yinni 24 yanvar kuni mehmonda "Bornmut"ga qarshi Premer-liga doirasida o'tkazadi.



